Namoyish: maktabning haqiqiy ma’lumotlari hali kiritilmagan.

“USTOZGA TA’ZIM” — USTOZGA EHTIROM, ILMGA EHTIROM!

.

Buxoro shahar 20-umumta’lim maktabida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustozlarning sharafli mehnatini ulug‘lovchi “Ustozim, Sizga ta’zim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buxoro shahar 20-umumta’lim maktabida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustozlarning sharafli va mashaqqatli mehnatini qadrlash, ularga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish maqsadida “Ustozim, Sizga ta’zim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✨ Tadbir davomida ustozlik kasbining ulug‘ligi, uning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida maktabning 10-“V”, 8-“A”, 3-“G”-sinf o‘quvchilari samimiy fikrlar bildirishdi. O‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va dil izhorlari namoyish etildi.
💐 Ustoz — qalblarga ilm va ma’rifat nurini sochuvchi, ezgulik va komillik sari yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk insondir.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tilaklar va ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ruhida o‘tdi. Tadbir so‘ngida maktabimiz direktori I.I. Usmonov hamda Mr. Aya o‘zlarining iliq va samimiy fikrlarini bildirishdi.
Ustozga ta’zim — kelajakka ta’zim!

← Yangiliklarga qaytish